Beg-bou Toshkent, kamina Shoxman
Maggok yoki attare чуваки
Bilgin, sezgin, keragini topginOlamga boq, u masala jumboq
Do′l, yomg'ir, qor bekorga yog′maydi
Kuzda barglar o'zi to'kilmaydi
Hey listen to me, bu song bor gap
Hayot bu do re mi, ah!
Afsonamas hayotning bo′lagi
Ishonmasa taqdirning istagi
Bor edi bir shodon, boy edi u nodon
Ota erka og′li bo'lib yurar edi beg′am, omon
Sevgan qizi, sevgan yori, Zuhra-Shirini bor edi
Olam go'zal, hayot go′zal, boylik-yoshlik hamroh edi
15-16 yosh edi ular
Faqat havas qilar edi do'stlar
Alright, okay, oshiqlar baxtiyor
But no, faqat giyohvand qo′shildi
Ikki yoshni Shayton yo'ldan urdi
Giyoh, qora siyoh ham qo'shildi
Beg-bou, Toshkent, kamina Shox man
Maggok yoki attare чуваки
Bilgin, sezgin, keragini topgin
Olamga boq, u masala jumboq
Do′l, yomg′ir, qor bekorga yog'maydi
Kuzda barglar o′zi to'kilmaydi
Tom yo′q, beg-bou bu фаза'ga полёт
Maktab, o′qish, o'qituvchiga отвод
Orzu-havas parcha-parcha bo'ldi, qoldi tirik jasad
Erta o′ldi
Qiz yigitni taklif etdi o′z xonodoniga nodon
Kayfu-safo, mayu-sharob, eshik taqilladi shu on
Qiz ne qilarin bilmay, bosh aylangan ko'zni ochdi
O′nga chopdi, so'lga chopdi, oxiri eshikni ochdi
Ko′zini bosgan edi shira, otasin tanidi arang
Ota qiz holatin ko'rdi, ishonmadi boshi garang
"Mani qizim?", "Yo′g'e, nahot?", "O'zga yigit bilan hayhot"
Keyin ne bo′ldi so′rama, bunday ahvolga san tushma
Ura ketdi, urusha ketdi, g'azab qo′zg'ab aql ketdi
Yigit qarab turolmadi, ortiq chiday ham olmadi
Pichoqni oldi behosdan
Urdi, sanchdi u bilmasdan
So′ngi marta nafas oldi ota
Yigit qo'rqib qochdi qalbni sota
Qochardi-yu qaerga bilmaydi
Nahot endi u ortga qaytmaydi?
Endi u qizga sodiq qolmaydi
Afsus, vaqtni to′xtatib bo'lmaydi
Afsus, o'zidan qochib bo′lmaydi
Yo! Ko′p vaqt o'tgani yo′q bu orada
Yigit topildi bo'ldi so′roqda
So'roq-javob, bilasiz u aybdor
Hayot-mamot, o′tadi qamoqda
Qiyinchiliklar endi boshlandi
Giyoh qorasiz, og'riq qiynardi
Og'riq kuchli ammo sabr-toqar
Chidam bir dam, tana mayda-mayda
Yigit bu holatda ko′p yashay olmadi afsus
U qurbon bo′ldi qamoqda, bo'ldi taqdir josus
Qiz allaqachon ko′chada qolgandi otasiz
Oxiri berk bu ko'chaga kirgandi nodon qiz
Yigitlar bilan o′ralashdi u
O'g′ri bo'ldi, sevikli yor, ohu
Va daydi o'qdan yaralandi-yu
Tark etdi orzu-umidlarini u
Kamina Shoxrux-Maggok kuyladi
Ogoh bo′l do′stim, senga dars bo'ldi
Oxir voy bo′lmasin, "Ey voh" dema
Hayot go'zal, uni nobud qilma!